Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Stranja-2024” xalqaro turnirida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tarildi. Vazni -50 kg bo‘lgan Sabina Boboqulova serbiyalik Nina Radovanovichni, -57 kilogramm vazn toifasida esa Xumorabonu Mamajonova ukrainalik Kristina Yushchukni yirik hisobda taslim etdi. Afsuski, Nigina O‘ktamova hamda Rashida Tagirova o‘z vaznlarida mag‘lubiyatga uchradi.
Bugun, 6 fevral kuni og‘ir vazn toifasida erkaklar o‘rtasida Jahongir Zokirov – Iman Ramezanpurdelavar (Eron), 57 kilogrammgacha vaznda Shahzod Muzaffarov – Islam To‘roboyev (Qirg‘iziston), Xudoynazar Fayozov – Sachin Sachin (Hindiston), -63,5 kg vaznda Muhiddin Adhamjonov – Klansi Dean (Irlandiya) jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA