2-3 fevral kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi Devis kubogi uchun o‘yinlarini Polsha terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv boshlanish vaqti:

2 fevral – 14:00;

3 fevral – 13:00.

Bundan tashqari, musobaqaning ikkinchi kunida “Oila va sport kuni” bayrami doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbir boshlanish vaqti:

3 fevral – o‘yinlar boshlanishidan 1 soat oldin.

Uchrashuvlardan so‘ng o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar va bayramlarga kirish faqat taklifnoma bilan amalga oshiriladi.

Ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlik va tartibni ta’minlash maqsadida xulq-atvor qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

 

“O‘zmilliybank”AJ  

Matbuot xizmati