Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) figurali uchish bo‘yicha dunyoning eng kuchli sportchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Kamila Valiyeva ishi bo‘yicha Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan qo‘yilgan diskvalifikatsiyani tasdiqladi.

ISU bayonotiga ko‘ra, Jahon antidoping agentligi (WADA) Valiyeva uchun 2021 yil 25 dekabr, ya’ni taqiqlangan moddadan foydalanishni aniqlovchi sinov o‘tkazilgan kundan boshlab to‘rt yillik huquqdan mahrum qilish muddatini belgiladi. Agar rossiyalik sportchi 30 kun ichida apellyatsiya taqdim etmasa, sanksiya 2025 yil 24 dekabrgacha amal qiladi. Demak, endi ayni muddatgacha o‘tkaziladigan musobaqalarda Valiyeva ishtirok etmaydi, uning o‘tgan davr mobaynidagi xalqaro turnirlarda qo‘lga kiritgan natijalari esa bekor qilinadi. Bu chora, jumladan, 2023 yilda o‘tkazilgan jahon va Yevropa chempionati, 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari kabi yirik anjumanlarga ham tegishli.

Bunday vaziyat yuzaga kelishi figurali uchish bo‘yicha jahon reytingida AQSH va Yaponiya yetakchilikka ko‘tarilishiga yo‘l ochadi.

T. Ro‘ziyev,

O‘zA