FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida aholi salomatligini mustahkamlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda 10 ta oilaviy poliklinikada 353 mingdan ziyod aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinadi. Mazkur barcha poliklinikalarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash ishlarini olib borish uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Ular zamonaviy tibbiy uskunalar, zarur anjomlar va tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan ta’minlangan.
Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida hududdagi 89 mingdan ziyod fuqaroga tibbiyot xodimlari tomonidan zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan. Xronik hisobda bo‘lgan 1 ming 20 nafar bemorga Nukus va Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 8 ta turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini bepul o‘tkazishi va davolanishi uchun yo‘llama berilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA