Davlat boshqaruv akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistratura bosqichiga 60, shu jumladan, davlat granti asosida 24 kishi, to‘lov-kontrakt asosida 36 kishi qabul qilinadi.
“2018/2019 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilida Davlat boshqaruv akademiyasining magistratura bosqichiga 60, shu jumladan, davlat granti asosida 24 kishi, to‘lov-kontrakt asosida 36 kishi qabul qilinadi.
Bundan tashqari boshqaruv kadrlarini “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga jami 120 kishi qabul qilinadi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qiladi.

 

O‘zA