Ayrim odamlar bilan muloqot qilish quvonch keltirishi mumkin. Ammo ba’zan boshqa bir kishi bilan suhbatdan so‘ng, o‘zingizni o‘ta charchagandek xis qilasiz, go‘yoki suhbatdoshingiz barcha kuchingizni so‘rib olgandek tuyuladi. Odatda “Energiya vampirlari” deb ataladigan bunday odamlar, sizning his-tuyg‘ularingiz bilan oziqlanishi ehtimoldan yiroq bo‘lsada, ular bilan muloqot qilish noqulaylik (diskomfort) tug‘diradi. Xalq orasida bunday odamlarni – “yomon energetikali” insonlar deb atashadi. Bunday parazit odamlar uchun kimlar bilandir janjallashish va so‘kinish zavq bag‘ishlaydi. Bu kabi salbiy energetikalik odamlarni ularning xulqi va xatti-harakati orqali aniqlashning imkoni mavjud bo‘lib, ular 3 turga bo‘linadi.

1- toifa

Doimiy shikoyat qiluvchilar

Xayotdan muntazam qoniqmagan odamlar. Ular oʻzlarini xam oʻzgartirishni istashmaydi va boshqalarga oʻzining negativ qarashlarini “yuqtirishi” mumkin. Psixologlar bunday insonlar bilan muloqotni cheklashni maslahat berishadi.

2- toifa

Janjalkashlar

Ular uchun har kuni janjal chiqarish va soʻkinish odatga aylangan xolat. Bunday odamlar raqibini sovuqqonlik bilan isteriya va koʻz yoshlariga osongina olib kelishlari mumkin. Suhbatdoshning bu holatga tushishi bu “vampirlar”ga quvonch keltiradi.

3-toifa

Muammolarni keltirib chiqaradigan odamlar

Ular oʻz manfaati uchun va qiyinchiliklarga duch kelib qolgandagina siz haqingizda oʻylashadi. Bunday doʻstlikdan foyda boʻlmaydi, shuning uchun asablaringizni saqlab qolish uchun bunday odamlar bilan aloqalarni oʻrnatmaslik yaxshiroq, deydi mutaxassislar.

Xoʻsh, bunday “vampir” odamlardan qanday qilib oʻzimizni himoya qilsak boʻladi? “Vampirlikni” davolash mumkinmikin? Savollarimizga psixiatr Dildora Amirjonova javob beradi

Batafsil

Doimiy ravishda boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatadigan bunday odamlarni himoya qilishning muhim elementi – bu ulardan uzoqlashish, koʻrinmas toʻsiq yaratish qobiliyatidir. “Yomon energiyali” odamlar bilan aloqani saqlab qolish, ishoning, Sizga juda qimmatga tushishi mumkin.

“Salomatlik sirlari” turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini eʼtiborsiz qoldirmang.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,OʻzA