Xitoyda yarim o‘tkazgich sanoatini rivojlantirish uchun 344 milliard yuan – taxminan 47,5 milliard dollar zaxiraga ega, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan investitsiya jamg‘armasini tuzdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Rais Si Szinpin mamlakat yarim o‘tkazgichlar bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashga erishishi zarurligini ta’kidladi. Ayni ehtiyoj AQSH so‘nggi bir necha yil ichida Pekin harbiy salohiyatini oshirish uchun ilg‘or chipdan foydalanishi mumkinligidan xavotirlanib, muayyan eksport nazoratini o‘rnatgach, yuzaga keldi.
Mazkur “Yirik fond” Xitoyning ikki nufuzli chip fabrikasi – “Semiconductor Manufacturing International Corporation” va “Hua Hong Semiconductor”, shuningdek, “Yangtze Memory Technologies” va flesh-xotira ishlab chiqaruvchi bir necha kichik kompaniya va jamg‘armani moliyalashtiradi.