Radiatsiya va yadro xavfsizligi departementi, Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi

407

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat byudjeti mablatlari hisobidan moliyalashtiriladigan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti, Qo‘mita huzurida davlat muassasasi shaklidagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi.

Ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining asosiy vazifalari tasdiqlandi.

Shuningdek, mazkur qarorga ko‘ra Qo‘mita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjetdan tashqari Sanoat xavfsizligi sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham tashkil etiladi.

O‘zA