Farg‘ona viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining respublika final bosqichiga start berildi.

Mazkur sport musobaqasiga respublikamizning barcha viloyatlaridan jami 20 nafar delegatsiya rahbari, 23 nafar trener-murabbiy hamda 268 nafar sportchi ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga yetib keldi.

Farg‘ona shahridagi “Samo” majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ushbu musobaqa  joriy yilning 29 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA