Jahon hafta ichida: “Dunyo go‘zali” Viktoriya, tutunli Dehli, mag‘lub Nadal, Fransiyada qor

O‘tayotgan hafta dunyo bo‘ylab ko‘plab qiziqarli, yodda qoladigan hodisalar yuz berdi. Odatga ko‘ra, e’tiboringizga “Jahon hafta ichida” rukni orqali eng muhim voqealar qisqacha tafsilotini suratlar yordamida havola etamiz.
Meksikaning Guanaxuato shtatida Xalqaro havo sharlari festivali bo‘lib o‘tdi.“Metropolitano” parki bo‘ylab havo sharlari uchyapti.
Ilon Mask Texasning Braunsvill shahrida “Space X” raketasining oltinchi sinovi boshlanishi oldidan saylangan Prezident Donald Tramp va hukumat vakillariga parvoz haqida ma’lumot bermoqda.
G‘arbiy Sohilning Jenin shahridagi yaroqsiz yo‘lda mashinalar botib qolgan. Falastinlik ayol esa ilojsiz.
Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan “73-Dunyo go‘zali” tanlovida daniyalik Viktoriya Kjair Telvig g‘alaba qozondi.
Janubiy Afrika. Keyptaun shahridagi “Fancy Dress Surf” tanlovi ishtirokchisi musobaqa payti suvda chiqish qilmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlarining 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy xizmatchisi Chasiv Yar shahri yaqinidagi front chizig‘ida rus qo‘shini tomon o‘q uzmoqda.
Dehlida havo sifati yomonlashgandan keyin osmonni tutun qopladi. Mahalliy ayollar “Hindiston darvozasi” arki yaqinida yuribdi.
Islandiyaning Reykyanis yarim orolida vulqondan lava otildi.
Uganda prezidentligiga to‘rt marta nomzod bo‘lgan Kizza Besige Kampala shahridagi harbiy sud panjarasi ortida.
Fransiya. Normandiya mintaqasi Guvil-syur-Mer shahri sohil bo‘yida qor manzarasi.
Amerikalik aktyor Ralf Makkio Los-Anjelesdagi Hollivud shon-shuhrat xiyobonida muxlislariga dastxat beryapti.
Yaponiyalik ayol “Shichi Go San” marosimida qiziga robot-it “Aibo”ni ko‘rsatyapti.
AQSH Sietl shahrida kuchli bo‘rondan keyin juda ko‘p daraxt mashina ustiga quladi.
Filippin. Nuyeva-Yecija shahrida ro‘y bergan to‘fondan so‘ng bolalar suv bosgan ko‘chada cho‘milmoqda.
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III afsonaviy ingliz qo‘shiqchisi Elton Jon bilan Londondagi “Royal Albert Hall”da suhbatlashmoqda.
Pokiston Qurolli kuchlari harbiysi Karachi shahrida bo‘lib o‘tgan “IDEAS 2024” xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida parashyutdan sakramoqda.
Serbiya parlamenti a’zolari Marinika Tepich va Borislav Novakovich hamda boshqa muxolifat vakillari norozilik aksiyasi payti politsiya xodimlari bilan to‘qnash keldi.
Tennischi Rafael Nadal Malaga shahrida bo‘lib o‘tgan “Devis Kubogi” finalida Gollandiya terma jamoasi Ispaniyani mag‘lub etganidan so‘ng omma oldida chiqish qildi.
Aholini ro‘yxatga olish tadbirlari munosabati bilan ikki kunlik milliy komendantlik soati joriy qilingan Iroqda xavfsizlik kuchlari xodimi bag‘dodlik qariya bilan suhbatlashmoqda.
Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva “Alvorada” saroyida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan.
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida saylov natijasiga qarshi uyushtirilgan namoyishda politsiyachi muxolifatchining giribonidan oldi.
Taypeydagi ibodatxonada diniy marosim ishtirokchisi chiqish qilmoqda.
Germaniyaning Taunus mintaqasidagi o‘rmonda tunda qor yoqqandan keyin mashinalar egri chiziq bo‘ylab harakatlanmoqda.
O‘tkir Mirzo tayyorladi.
O‘zA