Hindistonning Kalaburagi shahrida ITF tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida neytral tennischi Bogdan Bobrovga qarshi kortga chiqdi. Tennischimizning to‘liq ustunligida o‘tgan mazkur bahs 6:2, 6:1 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov tashkilotchilar tomonidan 3 ming 600 AQSH dollari mukofot puli va 25 ATP reyting ochkosi bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA