Jizzaxdagi “Jizzax kibersport arena” majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan saralangan 400 nafarga yaqin dzyudochi medallar uchun bahs olib boryapti.
Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar -73, -81 kg, ayollar esa -57 va -63 kg vazn toifalarida tatamiga chiqdi. Erkaklar o‘rtasidagi har ikki vazn toifasida tajribali dzyudochilarimiz Shahram Ahadov (-73 kg) va Hikmatulloh To‘rayev (-81 kg) barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar orasidagi bellashuvlarda Shukurjon Aminova (-57 kg) hamda Marjona Nurilloyeva (-63 kg) mamlakat chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA