FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani bu yil tashkil etilganining 95 yilligini nishonlaydi. Ushbu sanaga bag‘ishlab tumanda turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri – “Yesjan baxshi sozlari” nomli ko‘rik-tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlaridan jami 50 nafarga yaqin iqtidorli yosh baxshilar ishtirok etib, o‘zaro bellashuv olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xo‘jayli tumanidan Ong‘arboy Joldiboyev tanlov g‘olibi bo‘ldi. Taxtako‘pir tumanidan Toliboy Berdimuratov ikkinchi, Chimboy tumanidan Oysara Quanishboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA