Fransiya poytaxtida o‘tayotgan YUNESKO Bosh assambleyasi 42-sessiyasida O‘zbekistonning navbatdagi, 43-sessiyani 2025 yil Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi.

So‘nggi qirq yil mobaynida ilk bor BMTning mazkur nufuzli tuzilmasi Bosh organi yig‘ilishi Parijdan tashqarida uyushtiriladigan bo‘ldi.

“Bu diplomatik muvaffaqiyat”, – deya izohladi qabul qilingan qarorni 42-sessiya raisi Simona-Mirela Mikulesku.

Eslatib o‘tamiz, 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. 140 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.

O‘zA