Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berishicha, ayni paytgacha hududda davom etayotgan harbiy harakatlar tufayli ommaviy axborot vositalari vakillaridan 60 kishi halok bo‘lgan. Ularning 4 nafari ayol.

Bayonotda marhum hamkasblarimizning ba’zilari bevosita Isroil armiyasi raketa hujumiga uchragani, ayrimlari havo hujumi chog‘ida vayron bo‘lgan uylarida oilasi bilan birga nobud bo‘lgani ta’kidlangan.