Samarqand shahridagi Kongress markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sessiya qatnashchilariga murojaatini Oliy Majlis Senati Raisi T. Norboyeva o‘qib eshittirdi.

Forum ishtirokchilarga BMT Bosh kotibi Antonio Gutterish ham murojaat yo‘lladi.

17 noyabrga qadar davom etadigan tadbirda Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo‘lidagi natijalarini muhokama qilish uchun 196 ta mamlakat va Yevropa Ittifoqidan,  fuqarolik jamiyatlari va ilmiy doiralardan 500 ga yaqin vakil  yig‘ilgan. Ushbu yig‘ilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tashkil etilganidan beri eng muhim yig‘ilishlardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkazilmoqda.

 

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat),  

O‘zA muxbirlari