Moldova O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

261

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning mamlakatimizdagi yangi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Moldova munosabatining joriy holati ko‘rib chiqildi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.