2-3-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro investitsiya forumini 112 nafar xorijiy jurnalist bevosita yoritib bordi. Buyuk Britaniyadan kelgan xalыaro jurnalist Raza Syed yurtimiz haqidagi fikrlarini O‘zA muxbiri bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonga kelishdan oldin mamlakatingizni boshqacha tasavvur qilardim. Rosti, yo‘lga chiqishim bilan fikrim o‘zgardi. Yurtingizga xorijliklarning qiziqishi bu darajada yuqoriligini bilmagandim. Angliyadan uchgan samolyotda bo‘sh joy yo‘q edi. Yonimda o‘tirgan yo‘lovchidan O‘zbekistonga nima ish bilan borayotganini so‘radim. U shunday javob berdi:

– O‘zbekiston xavfsiz, tinch va betakror diyor. Bu diyordagi tarixiy shaharlarni ko‘rish uchun ko‘p bor sayohatga borganman.

Menimcha, dunyo xalqlari O‘zbekistondagi imkoniyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga intilmoqda.

Toshkent jadal rivojlanmoqda. O‘ylaymanki, kelgusida mamlakatingiz Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatga aylanadi. Buning uchun salohiyat yetarli.

Buyuk ipak yo‘li haqida gap ketsa, hammaning ko‘z oldiga Toshkent, Buxoro, Samarqand keladi.

O‘tgan yilgi forum dunyo OAVda keng yoritilganda ushbu tadbirda qatnashishni orzu qilgandim. Bu yil shunday imkoniyatga ega bo‘ldim, juda mamnunman.

Prezident o‘z nutqida mamlakatdagi cheksiz imkoniyatlar haqida so‘zladi. Ayni ma’lumotlar meni hayratga soldi. Bemalol ayta olmanki, O‘zbekiston   cheksiz imkoniyatlar mamlakati. Bu diyor nafaqat investorlar, balki talabalar, IT sohasi, umuman turli soha vakillari uchun jozibador.

Anjuman davomida OAV vakillari uchun qulay sharoit yaratib berildi. Xabarlar – matn, video va suratlarni tezkorlik bilan nashrlarimizda yoritib bordik.

Go‘zal Sattorova,

Nishonboy Abduvoitov (video) tayyorladi. O‘zA