Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Pokiston Islom Respublikasi rasmiy axborot agentligi – “Associated Press of Pakistan” sahifasida “Pokiston va O‘zbekiston Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni muddatidan oldin kuchga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi” nomli maqola e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida Bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazgani, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama қилингани urg‘ulangan.

Muallif turli darajada faol muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish miqdori yil boshidan buyon 40 foiz oshgani,  to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika va boshqa muhim tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotganini alohida e’tirof etgan.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish jarayoniga alohida e’tibor qaratilgani, shuningdek mintaqaviy kun tartibiga oid turli masalalar yuzasidan ham fikr almashilgani qayd etilgan.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA