Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Markaziy Osiyo Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.

Hujjatni O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Qozog‘iston tomonidan savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev imzoladi.

Markaz oldiga davlatlararo hamkorlikni va xalqaro qiymat zanjirini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, chegara hududi ishlab chiqarish bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini muvofiqlashtirish, modernizatsiya qilish va sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish kabi muhim vazifalar quyilgan.

O‘zA