Buyuk Britaniya tarixidagi birinchi va uzoq ya’ni 11-yil faoliyat yuritgan ayol bosh vazir.

Margaret Xilda Roberts 1925-yil 13-oktyabrda Linkolnshir grafligining Grantem shaharchasida tug‘ilgan. Uning otasi bir necha oziq-ovqat do‘konlarining egasi bo‘lib, oilaning o‘z uyi bo‘lmagani bois ular do‘kondagi xonani ijaraga olib kun kechirishga to‘g‘ri kelgan. Maktabni bitirgach Margaret kollejda tabiiy fanlar fakultetida o‘qidi. Oksford universitetiga kirgach esa, huquqshunoslikni tanlab, ta’lim maskanining siyosiy hayotiga qiziqib qoladi.

U 1959-yili parlament a’zosi etib saylanadi. So‘ng 1970-yili Edvard Xitch Margaret Tetcherni ta’lim va fan bo‘yicha davlat kotibi etib ishga oladi. 1975 yilgi Konservatorlar saylovida rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol yetakchisiga aylandi.

1979 yilgi saylovda ham g‘alaba qozongach, Buyuk Britaniya Bosh vaziri etib saylandi. U ayollar huquqlari uchun tinmay kurashdi va bu borada muayyan natijalarga erishdi. 2009-yil mashhur siyosatchi haqida «Margaret» badiiy filmi ekran yuzini ko‘rdi. Tetcher xonim 2013-yil 8-aprel kuni 87 yoshida vafot etdi. Margaret Tetcher 1992-yilda baronessa unvoniga sazovor bo‘lgan. Qattiqqo‘l siyosati va rahbarligi uchun «Temir xonim» taxallusini oldi. 2007-yil Britaniya parlamentida uning bronza haykali o‘rnatildi. 2011-yilda  yaratilgan «Temir xonim» filmi esa «Oskar» mukofotiga loyiq topilgan.

Sh.Toshtemirova tayyorladi, O‘zA