BMT Bosh assambleyasi 25-mayni Jahon futbol kuni deb e’lon qilinishi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar beradi, «Novosti» axborot agentligi Bosh assambleya raisining matbuot xizmatiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, “2024-yil tarixda ilk marta  barcha mintaqalar vakillari ishtirokida  xalqaro turnir o‘tkazilganiga 100-yil to‘lishi munosabati bilan BMT Bosh assambleyasi 25-may kunini Jahon futbol kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi”.  Mazkur turnir Parijda 1924-yilda bo‘lib o‘tgan  yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan edi.

Hujjatda futbolning jahon miqyosidagi keng qamrovi, uning  turli sohalar, jumladan savdo, tinchlik va diplomatiyaga ta’siri, shuningdek,  sportning hamkorlik maydoni sifatidagi ahamiyati  qayd etiladi.

Ilgari 10-dekabr norasmiy Futbol kuni hisoblanar edi.

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA