Chorshanba kuni oqshom payti jahon bozorida neft narxi 2 foiz arzonlashgan, “Brent” belgisi ostidagi “qora oltin”ning bir barreli uchun belgilangan qiymat 21 iyuldan buyon ilk bor 80 dollarga tushdi, deyiladi savdo yakuni bo‘yicha e’lon qilingan hisobotda.
Kechqurungi savdoda “Brent” neftining yanvar oyi uchun fyuchers narxi 1,9 foiz pasayib, bir barrel uchun 80,05 dollarni qayd etdi. Sal avvalroq 80 dollarga ham tushgan edi.
“WTI” rusumli neftning dekabr oyi uchun belgilangan fyuchers narxi 2,09 foiz arzonlashib, bir barrel uchun yakuniy narx 75,73 dollarda to‘xtagan.