Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabida 850 nafar o‘quvchi o‘zi tanlagan kasb bo‘yicha mahorat oshirmoqda.
Maskanda “Avtomobil dvigatellarini diagnostika qilish va tuzatish ustasi”, “Aloqa operatori”, “Tikuvchilik”, “Pazandachilik”, “Sartaroshlik”, “Yong‘in o‘chiruvchi”, “Mobil telefon aloqasini tuzatish ustasi” kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha saboq beriladi.
O‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi uchun bu yerda barcha sharoit yaratilgan. O‘quv xonalari, laboratoriya, ustaxona, axborot-resurs markazi, kutubxona zarur jihoz va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan.
O‘tgan 2022/2023 o‘quv yilida kasb-hunar maktabini 327 o‘quvchi bitirdi. Ulardan 192 nafari oliy ta’lim dargohlarida tahsilni davom ettirayotgan bo‘lsa, 135 nafari mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA