Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha “Satellite” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Mamutov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sherzod yarim finalga qadar barcha raqiblarini yengdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shu bilan bir qatorda, u “Parij-2024” Olimpiadasi reyting ochkolariga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA