Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning -68 kg vazn toifasida milliy terma jamoamiz a’zosi Ulug‘bek Rashitov mo‘g‘ulistonlik Buyanshagai Enhboldni, eronlik Matin Rezaini hamda xorvatiyalik Marko Golubichni mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov mazkur musobaqadan avval Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA