Xabar berganimizdek, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

40 ga yaqin davlatning 300 dan ziyod yosh sportchilari ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib natijalarga erishdi.

37 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvlar natijasida O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza, jami 19 ta medallar shodasiga ega chiqdi.

Kecha jahon chempionatining so‘nggi kunida terma jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Iste’dodli sambochi yoshlarimizdan Amirxon Ziyadinov va Daler Murtazayev, Gulina Oblakulova, Mohinur Aralova, Shahrizoda Shodiyeva, Sevinch Abdiyeva va boshqalar terma jamoamiz g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA