Xanchjou shahrida davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika dasturida vazni 109 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev mamlakatimiz sharafini himoya qildi.
Ushbu bellashuvlarda Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishda 175 kg, siltab ko‘tarishda 216 kg, ikkikurash hisobida 319 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Akbar Jo‘rayev esa dast ko‘tarishda 189 kilogrammlik shtangani o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 228 kg, ikkikurash natijasiga ko‘ra, 417 kilogramm natija qayd etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA