Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari kundan-kunga qizg‘in pallaga kirmoqda. Boks bo‘yicha 92 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan final jangida hamyurtimiz amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov va qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev oltin medal uchun o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu shiddatli bellashuvga qadar Bahodir Jalolov tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni va xitoylik Danabayk Baykuzini qiyinchiliksiz taslim etgan edi. Bokschimiz Kamshibekka qarshi o‘tgan jangda o‘zining metin himoyasi va aniq zarbalari orqali zafar quchib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. U bugunga qadar Olimpiya o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA