FIFA ijroiya kengashi a’zosi, tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Mattias Grafstryom vaqtincha bosh kotib etib tayinlandi, deyiladi “Insidethegames” sayti xabarida.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasining amaldagi bosh kotibi senegallik Fatma Samura hali lavozimini tark etgani xususida bayonot bergani yo‘q. Iyunda uning yil so‘ngiga qadar iste’foga chiqishi e’lon qilingandi.
Bosh kotiblikka tayinlangan shvetsiyalik Mattias Grafstryom FIFA rahbari Janni Infantinoning eng yaqin maslakdoshlaridan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA