Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

Laylo 57 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Mansi ustidan zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi sport kurashlari dasturida delegatsiyamizga Rustam Assakalov, Aktenge Keunimjayeva hamda Laylo Sobirova bronza medalini keltirdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA