Xitoyda o‘tayotgan qit’a o‘yinlarining ayollar kurashi bahslarida delegatsiyamiz uchun Aktenge Keunimjayeva bronza medalini keltirdi.
Aktenge musobaqa davomida 50 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda hindistonlik Pujadan ustun keldi va shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, bugunga qadar ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘la olmagan. Bugungi bronza esa ushbu musobaqadagi ilk medal sifatida tarixda qoldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA