Kelgusi yil 15-29 sentyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Yekaterinburg shaharlarida Jahon do‘stlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yirik sport bayramiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish asnosida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov o‘yinlar g‘oliblariga topshiriladigan oltin medallar sof tilladan yasalishini bildirdi.

– Bir oy muqaddam Vladimir Putin Jahon do‘stlik o‘yinlari uchun ajratiladigan mukofot pulini Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga belgilangan to‘lov bilan tenglashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi, – dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Igor Levitin. U mukofot puli xorijlik sportchilarga ham berilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa dasturiga 27 sport turi kiritilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA