Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon turkmanlari insonparvarlik uyushmasining XXIV konferensiyasida hamyurtimiz uyushmaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi.

Jahonning 70 dan ziyod davlatidan vakillar ishtirok etgan anjuman yakunida uyushma faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi, turkman xalqining madaniyati, adabiyoti va tarixini jahonning boshqa xalqlariga yetkazish,  jahon turkmanlari bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek,  Turkmaniston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bir guruh ishtirokchilar mukofotlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turkman milliy-madaniy markazi rahbari Rejep Avezov ham oliy mukofot – “Insonparvarlikning ehtiromi” nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Jahon turkmanlari insonparvarlik uyushmasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tantanali ravishda topshirdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA