Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Qayd etilganidek, “Mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi.

Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, mahalla raisi “yettilik”ni rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy jazo choralarini tayinlash bo‘yicha ularning yuqori idorasiga taqdimnoma kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.

 

O‘zA