Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zga chiqib, yadroviy raketaga ega mamlakatlar yetakchilarini yadro qurolisiz dunyo uchun sa’y-harakatni kuchaytirishga chaqirdi.
– Yaponiya “Xirosima nazari” nomli hujjatda qayd etilgan natijaga asoslanib, dunyoni yadro qurolidan xoli qilish uchun sa’y-harakatni davom ettiradi, – deya ta’kidlagan Yaponiya hukumati rahbari. – Men yadro aslahasiga ega mamlakatlar hamda boshqa davlatlar rahbarlarini yadroviy qurolsizlanish, bunday qurollarni tarqatmaslik yo‘lidagi sa’y-harakatni kuchaytirishga chaqiraman. Yadroviy mamlakatlarni yadrosiz dunyo yaratish jarayoniga jalb qilish maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kisida ta’kidlashicha, yadro qurolidan qutulishga qaratilgan turli darajadagi sa’y-harakatni amalga oshirish uchun sharoit yaratish favqulodda muhim.
Shu yil may oyida Xirosimada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammitida qatnashgan davlatlar rahbarlari yadro qurolidan xalos bo‘lish maqsadida imzolagan “Xirosima nazarida”, nomli hujjatda yadro qurolisiz dunyo yaratish tamoyiliga sodiqlik ta’kidlagan.