Mintaqada quruqlik transportining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi bitim Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi doirasida imzolandi.

Transport va logistika sohasida barqaror hamkorlik mustahkamlanishini nazarda tutadigan kelishuv yer usti transporti orqali xalqaro tashishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, Markaziy Osiyo mintaqasida transport xizmati bozorida raqobat muhitini ta’minlash, samaradorlikni oshirish va yangi xalqaro yo‘laklarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Avvalroq, 13 sentyabr kuni Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlari yig‘ilishida  transport va logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilingan edi.

O‘zA