FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi vaqtincha ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, shu jumladan, chet davlatda qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash yo‘lida samarali faoliyat yuritmoqda.
Markazda tinglovchilarga elektr va gaz payvandlovchi, g‘isht teruvchi, temir beton ishlari ustasi, yog‘och ustasi, suvoqchi, bo‘yoqchi, santexnika ishlari ustasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatilmoqda.
2023 yilning birinchi yarim yilligida markazga 1 ming 756 nafar ishsiz fuqaro qamrab olinib, shundan 1 ming 612 nafar tinglovchi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Ayni paytda markazda navbatdagi qabul jarayonlari davom etmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA