Bosh vazir Nikol Pashinyan “Armaniston va Ozarbayjon Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq, o‘zaro hududiy yaxlitlikni e’tirof etmas ekan, tinchlik hech qachon kelmaydi”, deya bayonot berdi.
“Bugungi kunga kelib, Tog‘li Qorabog‘da vaziyatni ayrim vakillar nazorat qilmoqda. Bu yerda rossiyalik tinchlikparvar kuchlar ham bor. Aslida, masala boshqa. Agar Armaniston va Ozarbayjon Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq bir-birlarining o‘zaro hududiy yaxlitligini tan olmas ekan, tinchlik hech qachon bo‘lmaydi”, dedi u Italiyaning “La Repubblica” nashriga.
Shunindek, u bitimda Qorabog‘dagi armanlar huquqi va xavfsizligi kafolati bandi qayd etilmasa, shartnoma ma’nosiz bo‘lib qoladi, deb ta’kidladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Boku va Yerevan o‘rtasida, avvaldan kelishilganidek, kechiktirmasdan tinchlik bitimi tayyorlashga kirishish lozimligi to‘g‘risida bayonot bergan. Hujjatda “Qorabog‘dagi armanlarning huquqi va xavfsizligi” qat’iy ravishda ta’kidlanishi hamda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi uch tomonlama barcha kelishuvlar so‘zsiz bajarilishi zarurligi bnlgilangan.