Rim katolik cherkovi rahbari Fransisk 1 sentyabr kuni papalik tarixida ilk bor Mo‘g‘ulistonga tashrif bilan keldi. Pontifik va dunyodagi eng kichik mamlakat katolik jamiyati vakillarining Prezident va Bosh vazir bilan uchrashuvi rejalangan.
«France-Presse» agentligi ma’lum qilishicha, Papaning Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan “strategik muhim mamlakat”ga safari “geosiyosiy xususiyat”ga ega. Shu orqali pontifik o‘z diplomatik sa’y-harakatini namoyish etadi.
86 yoshli pontifik Ulan-Bator safari arafasida Xitoy rahbariyati bilan o‘zaro bayonot almashgan. Havo hududini kesib o‘tar ekan, diplomatik an’anaga muvofiq, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy xalqiga “samimiy tilak” yo‘llagan.
Fransiskning mazkur safari lavozimga kirishganidan keyingi 43-xorijiy tashrifi.
Bugun Papa Mo‘g‘iliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va Bosh vazir Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan uchrashadi. Shuningdek, yuqori martabali siyosatchilar, diplomatlar va fuqarolik jamiyatlari vakillari oldida nutq so‘zlaydi.