Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish sentyabr oyida yuqori darajadagi qator xalqaro tadbirlarda, xususan 9-11 sentyabr kunlari Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashadi.

“BMT Bosh assambleyasining navbatdagi yig‘ilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilar ekan, men Keniyada o‘tadigan Afrikaning iqlim o‘zgarishi sammitida, Indoneziyadagi ASEAN, Hindistondagi G20 va Kubadagi G77 oliy darajadagi yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqmoqdaman. Bunday turli sammitlar dunyoning o‘sib borayotgan ko‘p qutbliligini aks ettiradi”, dedi Bosh kotik jurnalistlar bilan uchrashuvda.

U, shuningdek, xalqaro institutlar islohoti zarurligini yana bir bor qayd etdi.

BMT Bosh assambleyasi sessiyasi 19 sentyabrda ish boshlaydi.

O‘zA