Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu 29-30 avgust kunlari Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan Ruminiya diplomatiyasining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
“Ruminiyaning qat’iy tashqi siyosati: muammolarni hal qilish va imkoniyatni maksimal darajada oshirish” mavzusidagi tadbirdan oldin diplomatik va konsullik korpusi a’zolari Prezident Klaus Yoxannis va Bosh vazir Marchel Cholaku qabulida bo‘ldi.
Ma’lumotga ko‘ra, yuqori darajadagi yig‘ilishni tashqi ishlar vaziri Luminitsa Odobesku ochib bergan. Shuningdek, elchi Daniel Kristian Chobanu ham so‘z olib, Ruminiya va O‘zbekiston munosabati joriy holatiga to‘xtalgan.
Mustahkam poydevor asosiga qurilgan ikki tomonlama aloqani rivojlantirish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga tayyorligini ta’kidlagan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA