O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomda jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish;
shikoyatlarni ko‘rib chiqishda murojaat etuvchilarning teng huquqliligi, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligi prinsiplariga qat’iy rioya qilish tartibi belgilab berilgan.
2024 yil 1 fevralga qadar Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish reyestri axborot tizimi ishga tushadi.
O‘zA