FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi hamda gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday amaliy o‘quv mashg‘uloti “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” filiali tomonidan tashkil etildi. O‘quv mashg‘uloti Nukus shahri Chimboy guzari mahallasidagi yuqori bosimli gaz quvuridagi avariyani va yong‘inni bartaraf etish, shuningdek, “Qoraqalpog‘iston hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi podstansiya “Markaziy kuch transformatorida sodir bo‘lgan avariyani va yong‘inni bartaraf etish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA