Tojikistonning bir necha viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ib, kamida 13 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
“Kecha kuchli yog‘ingarchilik tufayli Vahdat shahrida 11 kishi, Rudakiy viloyatida 2 fuqaro hayotdan ko‘z yumdi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbari Emomali Rahmon halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Bosh vaziri, Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi, shuningdek, boshqa tegishli tuzilma va idoralarga jabrdiydalarga yordam ko‘rsatish, tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
O‘zA