Joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari Malayziyada badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Kuala-Lumpur shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashdi. Sportning gimnastika turiga ixtisoslashgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabi o‘quvchisi Yekaterina Fetisova nufuzli musobaqada o‘z mahoratini namoyish etib, Argentinada bo‘lib o‘tadigan III Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqa ishtirokchilarini kutib olish marosimida ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhammad Amin (surat), O‘zA