Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Afrika Ittifoqi mamlakatlarini G20 tarkibida doimiy a’zoga aylantirish taklifini bildirdi.

Modi bu fikrini Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan “Business 20” sammitida oshkor qildi.

Davlat rahbari bu g‘oyasini joriy yil sentyabr oyida Hindistonda tashkil etiladigan “G20 sammiti” doirasida amalga oshirishni rejalashtirgan.

O‘zA