Zimbabvening amaldagi rahbari Emmerson Dambuzo Mnangagva lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi bayonotida aytildi.

Saylov komissiyasi xulosasiga ko‘ra, siyosatchi 52,6 foiz ovoz olgan. Saylovchilarning 44 foizi uning asosiy raqibi, “Demokratik o‘zgarish uchun harakat” partiyasi a’zosi Nelson Chamisani qo‘llagan.

 

O‘zA