AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiya joriy etilishini ma’lum qildi.
“Bugun majburiy ko‘chirilish va deportatsiya uchun mas’ullarni javobgarlikka tortish, ukrainalik bolalarni oilasiga qaytarishni talab qilish uchun yangi sanksiya e’lon qilamiz”, deyiladi Oq uy bayonotida. Xabarda boshqa tafsilot keltirilmagan.
O‘zA