O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2022 yil 31 dekabrga qadar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti endi respublikaning boshqa viloyatlarida ham, xususan, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
O‘zA